«Arsenal» «MYu» futbolchisini kuzatyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3385
Ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mata faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
Xabaringiz bor, Mata “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, futbolchi atrofidagi voqealarni “Arsenal” diqqat bilan kuzatyapti. “Kanonirlar” futbolchini yozgi transfer oynasida o'z jamoasiga qo'shib olishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek “Yuventus”, PSJ va “Barselona” klublari ham qiziqsh bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!