Tiago Silva yangi klubdan qancha maosh talab qilayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356
"PSJ" klubining markaziy himoyachisi Tiago Silva o'zi bilan shartnoma imzolashni istayotgan jamoalarga qancha maosh istayotganini ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchining shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko'ra, 35 yoshli futbolchi 10 million evro miqdorida yillik maosh olishni ko'zlamoqda. Ammo unga qiziqish bildirayotgan "Fiorentina" va "Everton" klublari Silvaning talabini qondirishga qodir emas. Ular 5,5 million evrodan ortiq maosh to'lay olishmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!