Britaniya politsiyasi Pogbaning qimmatbaho avtomobilini musodara qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 464
Buyuk Britaniya politsiyasi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbaning narxi 356 ming evro turadigan «Rolls Roys» avtomobini musodara qildi.
Frantsiyalik futbolchi Britaniyadagi mashinalar raqamlari bilan bog'liq qoidani buzgani uchun avtomobilidan vaqtinchalik ayrildi. Qoidaga ko'ra, so'nggi bir yil ichida kamida oy davomida Buyuk Britaniya hududida bo'lgan har qanday avtomobil mahalliy raqamga ega bo'lishi kerak. Pogba esa bunday raqamni olmagan edi.
Pogba jarimani to'lab, yangi raqamlarni rasmiylashtirganidan keyin o'z avtomobini qaytarib olishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!