Lopetegi: «Barselona» kuchli bo'lib qaytdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 363
«Sevilya» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Barselona»ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Bu tarkibida Messi bo'lgan ajoyib jamoa. Biz o'z imzomizga ega bo'lgan jamoa bo'lishga harakat qilamiz. Biz maksimum kuchni ishga solishimiz kerak. Jamoaviy ishni yaxshi amalga oshirishimiz kerak. «Barselona» — har tomonlama kuchli jamoa, Seten ham klub g'oyasiga yaxshi mos keladigan murabbiy.
Biz faqat mazkur o'yin haqida o'ylayapmiz. Boshqa jamoalarga baho bermayman. «Barselona» esa kuchli bo'lib qaytdi», — dedi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, "Sevilya" - "Barselona" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boshlanadi.
Barcha fikrlar: 1
azizjonAbrorov
Haqiqatdanham
19 Iyun 2020, 15:30
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!