"Sochi" – "Rostov" o'yini bugun o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi «Sochi» - «Rostov» uchrashuvi mehmonlar safidagi 6 nafar futbolchida koronavirus aniqlanganiga qaramay, o'tkaziladigan bo'ldi.
«Sochi» klubi rasmiy saytining xabar berishicha, klub «Rostov» bilan ushbu bahsning o'z vaqtida o'tkazilishi borasida kelishuvga erishgan. O'yin bugun, 19 iyun kuni soat 22:00da Sochida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Rostov» klubining 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangani sababli klub ikki haftalik karantinga chiqishini e'lon qilgandi.
Shuningdek, «Rostov» klubi agar o'yin o'z vaqtida o'tkaziladigan bo'lsa, asosiy tarkibni emas 2003 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasini Sochiga yuborishini ma'lum qilgandi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!