Muxlislar Ronalduni mazax qilishdi: "U hamon kutmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 639
Butun dunyodagi futbol muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Ronalduning ustidan kulishmoqda. Xabaringiz bor, kecha "Yuventus" Italiya kubogi finalida "Napoli"ga yutqazgandi.
«Yuventus» penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Penalti tepish navbati esa Ronaldugacha etib kelmadi. U jamoasining beshinchi zarbasini amalga oshirishi kerak edi, ammo unga qadar masala hal bo'ldi.
Muxlislar ayni shu holat tufayli Ronalduni mazax qilishdi. "Krishtianu hamon penaltilar seriyasida navbatini kutmoqda", deya yozishdi ular. Ilgari "Barselona"ni mazax qilgan muxlislar "Hali ham Aleksander-Arnoldning burchak zarbasini amalga oshirishini kutishmoqda», deya yozib chiqishgandi.
Xabaringiz bor, EChL doirasida "Barselona"ga qarshi javob o'yinida "qizillar" himoyachisi Aleksander-Arnold burchak zarbasini tezkorlik bilan o'ngga kiritgan va ispan klubi vakillari buni kutishmagandi. Oqibatda Origi darvozani ishg'ol qilgandi.