«Liverpul» Koutinoni ortga qaytarmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314
Angliyaning «Liverpul» klubi Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotib olmaydigan bo'ldi.
Avvalroq, Koutino «Liverpul» tarkibida o'ynash uchun kam miqdordagi maoshga ham rozi bo'lishi aytilgandi. Biroq, "qizillar" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash variantini o'chirib yubordi.
Eslatib o'tamiz, Koutino joriy mavsumni Myunxenning «Bavariya» klubi tarkibida ijara asosida o'tkazmoqda. O'z navbatida Myunxenliklar braziliklik futbolchining transferini «Barselona»dan sotib olish niyatida emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!