Maradona «Napoli»ni tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 287
«Napoli» afsonasi Diego Maradona neapolliklarni Italiya kubogidagi g'alaba bilan tabrikladi.
Rimda o'tkazilgan hal qiluvchi uchrashuvda «Napoli» penaltilar seriyasida (asosiy vaqt — 0:0) «Yuventus»ni mag'lub etdi (4:2).
«Sizlar bilan faxrlanaman. Forza «Napoli», — deya yozdi Maradona instagram orqali.
«Napoli» uchun bu klub tarixidagi oltinchi Italiya kubogi sovrini bo'ladi. Maradona 1984-1991 yillarda neapolliklar sharafini himoya qilib, 2 marta Italiya chempionati, bir martadan Italiya kubogi, mamlakat superkubogi va UEFA kubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!