Bugun AFC U16 va U19 musobaqalariga qur'a tashlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259
Osiyo futbol konfederatsiyasi bugun joriy yilda o'tkaziladigan 2ta musobaqa — o'smirlar (U16) va yoshlar (U19) o'rtasidagi qit'a chempionati ga qur'a tashlash marosimini o'tkazadi.
Xabiringiz bor, o'smirlar o'rtasidagi turnir Bahraynda, yoshlar o'rtasidagi musobaqa esa O'zbekistonda o'tkaziladi.
Dastlabki qur'a Toshkent vaqti bilan 11:30da, ikkinchisi esa 13:30da boshlanadi. Har ikkala marosim sport kanali orqali jonli translyatsiya qilinadi.
U16 Osiyo chempionati-2020. Qur'a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur, Malayziya
18 iyun, soat 11.30 (Toshkent vaqti bilan)
1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya
2-savatcha: Avstraliya, Shimoliy Koreya, Indoneziya, O'mon
3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni
4-savatcha: Xitoy, O'zbekiston, Qatar, BAA
U19 Osiyo chempionati-2020. Qur'a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur, Malayziya
18-iyun, soat 13.30 (Toshkent v.b.)
1-savatcha: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar
2-savatcha: Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya
3-savatcha: Malayziya, Iroq, Vetnam, Kombodja
4-savatcha: Eron, Yaman, Bahrayn, Laos.