Levandovski Obameyangning rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418
Rekordni yangilash uchun polshalik hujumchining hisobida yana ikkita o'yin mavjud.
Bundesliganing 32-tur doirasida Robert Levandovski «Verder» klubiga qarshi uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi. Bu gol Robert uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki, Levandovski Per-Emerik Obameyangning ajoyib natijasini takrorladi.
Gabonlik hujumchi 2016/2017 yilgi mavsumda Bundesligada 31 ta gol kiritgandi. Bu legioner futbolchilar Bundesligada gol kiritish borasidagi yaqqol rekord hisoblanardi.
Myunxenliklarning oldinda «Frayburg» va «Volfsburg» klublariga qarshi o'yinlari turibdi. Shu sababli, polshalik futbolchi rekordni yangilash borasida ajoyib imkoniyatga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!