«Latsio» prezidenti chempionlik uchun yirik miqdorda mukofot va'da qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337
Kelayotgan dam olish kunlari Italiya A seriyasi qayta boshlanadi. «Latsio» klubi joriy mavsumda chempionlik uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi. Rimliklar peshqadam «Yuventus»dan 1 ochko ortda qolishmoqda.
«Latsio» prezidenti Klaudio Lotito klub futbolchilari va murabbiylar shtabiga chempionlik uchun 18 million evro miqdorida mukofot puli va'da qildi.
Avvalroq «Latsio» futbolchilari karantin tufayli bir oylik maoshdan voz kechishgan edi. Rimliklar so'nggi marta 2000 yilda Skudettoni qo'lga kiritgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!