"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yinida ishlamoqchi bo'lgan OAV xodimlari diqqatiga!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320
19 iyun kuni Superliga 5-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
"Paxtakor" stadionida o'tadigan bellashuv soat 20:00da boshlanadi. O'yinga kiruvchilar soni cheklangani bois jurnalistlar va fotomuxbirlardan 18 iyun (payshanba) kuni soat 18:00dan kechiktirmasdan o'zlari haqidagi ma'lumotni [email protected] elektron pochtasiga yuborishlari so'raladi.
OAV xodimi yil boshida PFL tomonidan berilgan akkreditatsiyaga ega bo'lishi, karantin qoidalariga qat'iy rioya qilishi hamda o'yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida stadionda bo'lishi lozim.
Akkreditatsiyasi yonida bo'lmagan jurnalist stadionga kiritilmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!