Ibrahimovich qancha maosh talab qilayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296
Hujumchi Zlatan Ibrahimovich kelasi mavsum borasida hali bir qarorga kelmadi.
"Corriere della Sera" tarqatgan xabarga ko'ra, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi «Milan»da qolishga qarshi emas. Lekin u klubdan 6 million evro yillik maosh talab qilmoqda. Ushbu talab «Milan» direktori Ivan Gazidisni hayron qoldirdi.
Zlatan o'zi egalik qiladigan «Xammarbyu»ga qaytishi mumkin. Ammo unda yana bir variant mavjud. Milan atrofida joylashgan «Montsa» klubi Ibrahimovichga taklif bilan chiqdi. Ushbu jamoaga "rossoneri"ning sobiq prezidenti Silvio Berluskoni egalik qiladi, klubi Adriano Galliani boshqaradi. Bu klub yaqinda B seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!