Ibrahimovich «Xammarbyu»ga qaytishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315
«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich A seriya yakuniga etganidan keyin Shvetsiyaga qaytishi mumkin. 38 yoshli futbolchi o'zi egalik qiladigan «Xammarbyu» safiga o'tmoqchi.
Karantin paytida Zlatan ushbu jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazdi. Ammo "rossoneri" safiga qaytib, mashg'ulotni boshlaganidan so'ng jarohat oldi. Uning «Milan» bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Futbolchining agenti Mino Rayola yaqin kunlarda «Milan» ijrochi direktori Ivan Gazidis bilan Ibrahimovichning kelajagini muhokama qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!