«Real» — bu borada top-5 chempionatlarida etakchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 443
Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida "Real" o'z uyida "Eybar"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Madridliklarning gollaridan biri himoyachi Marselo hisobiga yozildi. Braziliyalik futbolchi uchun bu gol La liganing joriy mavsumidagi ilk gol bo'ldi.
Umuman olganda, Ispaniya chempionatining ushbu mavsumidagi gollarni "Real"ning 19 futbolchisi urgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Qirollik klubi" Evropaning top-5 chempionatlari jamoalari orasida etakchi hisoblanadi.
Darvozabonlar — Kurtua va Areoladan tashqari Eder Militao, Ferlan Mendi va Braim Dias La liganing ushbu mavsumida hali gol urishmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!