Luka Modrich: «Real» Ronalduning gollarini sog'inmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341
«Real» Luka Modrich «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Bu siyqasi chiqib ketgan mavzu bo'lishi mumkin, ammo Ronaldu – futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. Biz «Real»dagilar uning gollari va xarakterini sog'inamiz. Krishtianu hamisha g'alaba qozonishni istaydi, bizga motivatsiya berar edi.
Uning yuragi katta. U muhtoj bo'lgan har qanday insonga yordam berishga tayyor», – dedi Modrich "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!