"Milan" daromadi 10 yilda 2% oshdi, "Yuventus"da esa - 140%
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4270
Calcio e Finanza sayti A seriya klublarining oxirgi 10 yillikdagi daromadlari borasida hisobotni e'lon qildi.
"Milan"ning daromadlari 2008 dan 2018 yilgacha 2% - 209,5 mln evrodan 213,7 mln evroga o'sgan, yillik o'sish 0,18%.
Solishtirish uchun, "Inter" o'z daromadlarini shu davr ichida 66,7%ga oshirgan - 172,9 mln dan 288,2 mln evroga.
"Roma" daromadlari o'yn yil ichida 80 mln evroga o'sgan (+43) - 175,4 dan 250,8 mln evroga.
"Yuventus" daromadlarining o'sishi 140% ni tashkil etdi – 167,5 mln evrodan 402,3 mln evroga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!