«Arsenal» va «Chelsi» bir darvozabon uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500
"Sautgempton" darvozaboni Freyzer Forster faoliyatini London klubida davom ettirmoqchi.
Football Insider nashrining xabariga ko'ra, darvozabon xizmatiga "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, futbolchi hozirda "Seltik" safida ijarada harakat qilmoqda. Transfermarkt portali Forsterni 6,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!