Italiya futbol federatsiyasi rahbari: «Umid qilaman, iyul oyida ishqibozlar stadionga qaytishadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 523
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina iyul oyida ishqibozlar stadionga qaytishiga umid qilmoqda. Eslatib o'tamiz, Italiya A seriyasi 20 iyun kuni tomoshabinlarsiz qayta davom ettiriladi.
«Kecha mavsumni yakunlash borasida har qanday shubhalarni to'zitib yuborish uchun so'nggi qadamni tashladik. Men xursandman, ammo bizga muxlislarning ishtiroki etishmayapti. Ishonchim komil, tez orada ular stadionga qaytishadi.
Umid qilaman, bu iyul oyi boshida yoki eng kechi bilan iyul oyi o'rtasida ro'y beradi. Bu esa Italiya eng so'nggi cheklovni bekor qilganini hamda biz mamlakatimiz uchun og'ir bo'lgan damdan chiqib olganimizni anglatadi», — dedi Gravina "Reuters"ga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!