Mertens «Napoli» tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
33 yoshli futbolchi "Inter"ga qarshi bo'lib o'tgan Italiya kubogi yarim final bosqichi doirasidagi javob uchrashuvida o'z hisobiga gol yozdi. Bu uning neapolliklar safidagi 122-goli bo'ldi.
Ushbu natija bo'yicha Mertens "Napoli"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Xitoyning «Dalyan Ifan» klubi a'zosi bo'lgan Marek Gamshikdan o'zib ketdi. Uchinchi o'rindagi Diego Maradona hisobida esa 115ta gol bor.
Mertens ushbu mavsumda 29ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!