Messi bugun asosiy tarkibda maydonga tushadimi? Seten javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425
Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Seten jamoa hujumchisi Lionel Messi chempionat restartiga tayyor ekanligini bildirdi.
Bugun «Barselona» La Liganing 28-tur doirasida «Malorka» klubiga qarshi o'tkazadi.
«Messi tayyor. U mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda, hech qanday muammo yo'q. Messi va boshqa futbolchilarimiz bunday uchrashuvga qanday yondoshishni, kerak bo'lganida o'z kuchlarini qanday sarf qilish kerakligini bilidadi. Tanaffuslar haqida gapiradigan bo'lsam, ko'rib chiqamiz. Kimlardir uchun qancha maydonda ko'p to'p sursa, shuncha yaxshi bo'ladi», - dedi Seten.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!