"MYu" qiziqqan futbolchilarning baxti ochiladi: Immobile yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374
Italiyaning «Latsio» klubi hujumchisi Chiro Immobile faoliyatini Rimda davom ettiradigan bo'ldi.
U jamoasi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga rozilik berdi, deya xabar bermoqda Il Tempo.
Yangi shartnomaga ko'ra, futbolchining yillik maoshi 4 million evro etib belgilangan. Immobile kamida 35 yoshigacha «Latsio» klubida o'ynaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Immobilega Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!