«Barselona» «Espanol»ga qarshi yangi formada o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413
Kataloniyaning «Barselona» klubi yaqin kunlar ichida yangi mavsum uchun o'zining yangi formasini taqdim qiladi.
3 iyul kuni yangi ekipirovka sotuvga chiqishi kutilmoqda. 7 yoki 8 iyul kuni "ko'k-anorranglilar" o'sha yangi formasida «Espanol» klubiga qarshi derbida maydonga tushadi.
Avgust oyining boshida «Barselona» EChLning 1/8 final javob uchrashuvida «Napoli» klubiga qarshi bahs olib boradi, biroq, o'sha bahsda yangi formada maydonga tushish uchun ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum.
«Barselona»ning texnik homiysi Nike kompaniyasi sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!