Umar Nurmagomedovning UFC’dagi debyut jangi qachon va qaerda o'tkazilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 552
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi yarim engil vaznli Umar Nurmagomedov o'zining UFC’dagi debyut jangini iyul oyida Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da o'tkazadi. Bu haqda uning menejeri Rizvan Magomedov ma'lum qildi.
«Iyul, «Jangchilar oroli», — deydi Magomedov.
Biroq hozircha Umarning raqibi kim bo'lishi noma'lum.
Ma'lumot o'rnida, Umar Nurmagomedov aralash jang san'atlarida (MMA) umumiy hisobda 12 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
U so'nggi bor Toshkentda o'tgan GFC 20 kechasida Brayan Gonsalesni mag'lub etib, chempionlik kamarini himoya qilgandi. Jangdan so'ng Umar UFC’da debyut qilmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!