«Breshiya» Balotellini biror marta ham koronavirusga tekshirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229
«Breshiya» hujumchisi Mario Balotellining agenti Mino Rayola xabar berishicha, klub futbolchini biror marta ham koronavirusga tekshiruvdan o'tkazmagan.
«Ular Balotellini kamsitishmoqda. «Breshiya» uni biror marta koronavirusga tekshiruvdan o'tkazmadi, u biror marta ham test topshirmadi», — deya yozdi Rayola Balotellining instagramdagi sahifasiga.
Marioning o'zi esa: «Buning barchasi haqiqat!», - deya yozib, agentining fikrini tasdiqladi.
Avvalroq OAVda «Breshiya» hujumchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilishni taklif qilgan, ammo italiyalik futbolchi bunga rad javobini bergan. Jamoa uni hozirgi paytda mashg'ulotdan chetlatgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!