Ibrahimovich «Milan» bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 533
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich klub bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlamoqchi. Shvetsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Milan" ijrochi direktori Ivan Gazidis Zlatandan mavsum oxirigacha kutib turishni so'ramoqda. Ibrahimovich esa "rossoneri" bilan shartnoma uzaytirilmaydigan bo'lsa, har ehtimolga qarshi boshqa variantlarni ham ko'rib chiqa boshladi.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli futbolchi 2020 yilning yanvar oyida "Los-Anjeles Gelaksi"dan "Milan"ga o'tgan edi. U Italiya A seriyasi doirasida 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!