Italiya kubogi. Uch futbolchi bugun «Yuventus»ga yordam bera olmaydi (+ro'yxat)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 549
«Yuventus» bugun bo'lib o'tadigan Italiya kubogi yarim final bosqichi doirasida «Milan»ga qarshi javob o'yini uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Himoyachi Jorjo Kellini, yarim himoyachi Aaron Remzi va hujumchi Gonsalo Iguain qaydnomaga kiritilmadi. Ularning barchasi jarohat olishgan.
Italiya kubogi. «Yuventus»ning «Milan»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi:
Darvozabon: Shchensni, Pinsolo, Buffon;
Himoyachilar: De Shilo, De Ligt, Aleks Sandro, Danilo, Bounchchi, Rugani;
Yarim himoyachilar: Pyanich, Xedira, Matyuidi, Rabo, Bentankur, Muratore;
Hujumchilar: Ronaldu, Dibala, Kuadrado, Duglas Kosta, Bernardeski, Urioni, Olivieri, Zanimakkiya.
«Yuventus» — «Milan» o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshladi. Birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.