Qahramon Aslanov maqolasi: Sulsher «MYu»ni restartga qanday tayyorlayotgani haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 711
"Manchester Yunayted" APLga tayyorlanish asnosida "Vest Bromvich" bilan orqama-ketin ikki o'yin o'tkazadi. Har bir o'yin bir soatdan davom etib, ikki xil tarkib harakat qilar ekan.
Birinchi o'yinda maydonga tushadigan jamoa tarkibi qiziq:
Romero, Bishop - Bayi, Tuanzebe, Mengi, Uilyams, Dalot, Fosu Mensa - Matich, Pogba, Fernandesh, Gomes - Grinvud, Reshford, Marsial, Jeyms.
Tarkibning qiziq tomoni shundaki, birinchi tarkibdagi himoya chizig'i deyarli zaxira himoyachilaridan tuzilgan va Maguayr, Lindelof, Shou, Bissaka kabi himoyachilar kiritilmagan.
Oldingi chiziq esa, aksincha, asosiy hujumchilarning hammasi shu erda, yarim himoyada hatto Pogba - Fernandesh tandemini ham ko'rishimiz mumkin. Tarkiblar birinchi va ikkinchiga emas, mana shunday aralash tashkil etilgan.
Menimcha, buning sababi, aynan oldingi chiziqqa, Pogba va Fernandeshning birga o'ynashi, ularning Reshford va Marsial bilan bog'lamlarga urg'u berilishidir. Himoya esa, ataylab "zaiflashtirilgan". Chunki Pogba va Fernandeshning bir tarkibda bo'lishi tarkibdagi muvozanatga putur etkazishini, himoyada bo'shliqlar yuzaga kelishini ko'pchilik taxmin qilayotgandi. Albatta, bir ikki o'yinda, ayniqsa, Chempionship jamoasi bilan bu kamchiliklarni anglash qiyin. Shuning uchun ham, Sulsher yanada kuchsiz himoyani tushirib, muammoni tezroq ko'rib, tekshirib olmoqchiga o'xshaydi.
Maguayr kabi futbolchilar ba'zi o'yinlarda Pogba yoki Fernandesh qoldirgan bo'shliqlarni yopib tura oladi, ammo ba'zi o'yinlarda pand eyilishi mumkin. "Vest Bromvich" saviyasidagi jamoa bilan hammasi joyida bo'lib, kuchliroq bosimda tizim so'kilib ketishi mumkin.
Bugun esa, o'sha pand eyiladigan ba'zi o'yinlar ataylab yuzaga keltirilmoqda. Qiziq bo'ladi.
Qahramon Aslanov