Gonsalo Iguain: «APLda o'ynash istagim bor edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4140
Kuni kecha «Chelsi» bilan shartnoma imzolagan Gonsalo Iguain o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Chelsi» varianti paydo bo'lgan ekan, men bu imkoniyatdan foydalanishim kerak edi. Bu jamoa menga hamisha yoqqan. Bu katta tarix va ajoyib stadionga ega bo'lgan klub.
Men hamisha Angliya premer-ligasida o'ynashni har doim xohlaganman. Endi esa maydonda «Chelsi»ning ishonchini oqlashga harakat qilaman.
Maydonga tushishni intizorlik bilan kutaman. Jamoaga tezroq moslashib olishga harakat qilaman», – dedi Iguain.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!