Ronalduni katta miqdordagi jarima kutmoqda. U karantin qoidalarini buzdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 502
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu karantin qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, Ronaldu vataniga tashrif buyurgan va o'z Kinta-da-Marinyada qurilayotgan yangi uyini ko'rishga borgan.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, Krishtianu bu haqda "Yuve" rahbariyatini ogohlantirmagan. Shu sababli karantin qoidalarini buzgan Krish katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Avvalroq, turinliklar moliyaviy inqiroz tufayli Ronaldu bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!