Onana uchun ikki grand klub kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 524
"Ayaks" klubi darvozaboni Andre Onana faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi. Futbolchi Evropaning top klubiga o'tish istagida.
TalkSport nashrining xabariga ko'ra, Onanaga PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, posbonni "Chelsi" o'z safiga qo'shib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi. "Ko'klar" Onanani Kepaga munosib o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
"Ayaks" darvozabonning transferidan 30 million evro ishlab olmoqchi. "Chelsi" Onana uchun amsterdamliklarga 27 million evro taklif qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!