Rasman. «Milan» Pyontek bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2088
«Jenoa» hujumchisi Kshishtof Pyontek «Milan»ga o'tdi. Bu haqda "rossoneri" rasmiy veb-sayti xabar tarqatdi. Milanliklar 23 yoshli futbolchi bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.
«Milan» Pyontek uchun «Jenoa»ga taxminan 35 million evro to'ladi. Polshalik futbolchining haftalik maoshi ushbu mavsum oxirigacha 35 ming evroni tashkil etsa, kelasi mavsumdan boshlab u 40 000 evro maosh ola boshlaydi. Shuningdek, shartnomada turli bonuslar ham ko'zda tutilgan. Pyontekning «Jenoa»dagi oylik maoshi 37,5 ming evroga teng edi.
Hujumchi ushbu mavsumda 13ta gol bilan to'purarlar poygasida yuqori pog'onalarda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!