«Bunyodkor» – «Qo'qon-1912» uchrashuvida ishlamoqchi bo'lgan OAV vakillari diqqatiga!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 609
Xabaringiz bor, 13 iyun kuni salkam uch oylik tanaffusdan keyin Superliga o'yinlari davom ettiriladi. Uchrashuvlarni yoritish istagida bo'lgan OAV xodimlariga bellashuvni stadiondan turib faoliyat olib borishlariga ruxsat berildi. Faqatgina Respublika maxsus komissiyasi talablariga ko'ra, jurnalist va fotomuxbirlar soni cheklanadi.
Ma'lumki, «Bunyodkor» Superliganing 4-tur doirasida 13 iyun kuni «Qo'qon-1912» jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan yoritib borishni istagan OAV vakillari [email protected] elektron pochtasi yoki @bunyodkorfc telegram manziliga xabar qilishlarini so'raladi. Jurnalistlarni ro'yxatga olish 13 iyun kuni soat 12:00ga qadar davom etadi.
«Bunyodkor» – «Qo'qon-1912» uchrashuviga faqatgina «Bunyodkor» matbuot xizmatiga xabar yuborgan va O'zPFL akkreditatsiyasiga ega bo'lgan OAV vakillari ro'yxat asosida kiritiladi.
OAV xodimlaridan o'yin boshlanishidan 30 daqiqa oldin stadionga kelishi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda faoliyat olib borishlari so'raladi.
Uchrashuv «Bunyodkor» stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
Manba: fcbunyodkor.com