Iroq terma jamoasi O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishni istamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517
Iroq terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunida O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishdan bosh tortdi.
Qatarda faoliyat yuritayotgan mutasaddi Alisher Nikimbaevning xabar qilishicha, Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 8 oktyabr kuni Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifini rad etgan.
Iroq 13 oktyabr kuni Gonkong uyiga safar qiladi. O'zbekiston va Gonkong orasidagi masofaning uzoqligi iroqliklarning rad javobiga sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCh—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8 oktyabr kuni 7-tur bahslari bo'lib o'tadi va unda O'zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13 oktyabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o'ynaydi.