«Man Siti» Sane uchun 70 mln evro talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 653
«Bavariya» hamon «Manchester Siti» yarim himoyachisi Leroy Saneni qo'lga kiritish payida bo'lmoqda.
"Sky Germany" tarqatgan xabarga ko'ra, o'tgan haftada tomonlar o'rtasida muzokara o'tkazildi. Germaniyaliklar futbolchi uchun 40 mln evro taklif qilishdi. «Shaharliklar» esa 24 yoshli futbolchini 70 mln evroga sotish niyati borligini ma'lum qilishdi.
Sanening "Siti" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Myunxenliklar esa yana bir yil kutmasdan, shu yilning yozida transferni amalga oshirishmoqchi. «Bavariya» esa manchesterliklar talab qilgan pulni to'lamoqchi emas.
Sane jiddiy jarohat tufayli joriy mavsumda birorta ham o'yinda maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!