Sneyder A Seriya chempionligi poygasi haqida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 595
Italiyaning «Inter» klubi sobiq futbolchisi Uesli Sneyder Skudetto uchun kurash haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Italiya chempoinati keyingi hafta qayta tiklanadi.
«Inter» Skudettoni qo'lga kiritadi deb o'ylamayman, aksincha, ularda Italiya Kubogini yutish imkoniyati ko'proq.
Odatdagidek «Yuventus» chempionlik uchun asosiy davogar sanaladi. Ular tarkibida mavsumdan mavsumga o'sib borayotgan ajoyib futbolchilar joy olishgan», - Sneyderning so'zlaridan iqtibos keltirmoqla Il Mattino.
Eslatib o'tamiz, A Seriya turnir jadvalida «Yuventus» «Latsio» klubini 1 ochko ortda qoldirgan holda birinchi o'rinda bormoqda. «Inter» esa - uchinchi pog'onada.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!