Tojikiston chempionati qachon davom ettirilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 846
Tojikiston futbol federatsiyasi mamlakat chempionati o'yinlari qayta tiklanishini e'lon qildi.
Milliy chempionatning 5-tur o'yinlari 16 iyun sanasidan davom ettiriladi. Ehtiyotkorlik yuzasidan uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tkazilishda davom etadi.
Shu bilan birga, Tojikiston futbol federatsiyasi davralar sonini ham uchtadan ikkitaga qisqartirishga qaror qilgan. Ushbu holatda jamoalar mavsum yakuniga qadar 18 tadan o'yin o'tkazadi.
Majburiy tanaffus yuzaga kelguniga qadar jamoalar 4 ta turda maydonga tushishga ulgurgandi. Dushanbening «Istiqlol» va Boxtarning «Xatlon» klublari 10 ochkodan to'plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Tojikiston Oliy Ligasi klublari 1 iyun kuni mashg'ulotlarni boshlagan.
Eslatib o'tamiz, chempionat koronavirus pandemiyasi sabab aprel oyi oxirida to'xtab qolgandi.
Ma'lumot uchun, 7 iyun holatiga ko'ra Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4529 nafarni tashkil qiladi, kasallanganlardan 2673 kishi tuzalgan bo'lsa, 48 kishi vafot etgan.