Superliga o'yinlarini stadiondan yoritmoqchi bo'layotgan OAV xodimlari diqqatiga!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244
Xabaringiz bor, 13-iyun sanasidan koronavirus pandemiyasi bois to-xtab qolgan Coca Cola Superliga o'yinlari davom ettiriladi. Ushbu uchrashuvlarni yoritish istagida bo'lgan OAV xodimlariga bellashuvni stadiondan turib faoliyat olib borishlariga ruxsat berildi.
Faqatgina, Respublika maxsus komissiyasi talablariga ko'ra, jurnalist va fotomuxbirlar soni cheklanadi. Shu bois, O'zPFL akkreditatsiyasiga ega OAV vakillaridan o'zlari borishni rejalashtirgan bellashuvlar oldidan mezbon jamoani ogohlantirishi talab etiladi va shu asosda shakllantirilgan ro'yxat orqali uchrashuvlarga kiritiladi.
OAV xodimlaridan o'yin boshlanishidan 30 daqiqa oldin stadionga kelishi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda faoliyat olib borishlari so'raladi.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani o'tkazilishi bilan bog'liq jarayonlarga komissar va mezbon jamoa javobgar sanaladi.
Manba: pfl.uz