Belarus chempionati. "Energetik-BGU" safarda mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 570
Belarus chempionatining 12-turidan o'rin olgan "Shaxtyor Soligorsk" hamda "Energetik-BGU" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol 11-daqiqada Vitaliy Lisakovich tomonidan kiritildi.
"Energetik" sharafini himoya qilayotgan ikki hamyurtimiz Shoxboz Umarov va Jasur Yaxshiboevlar o'yinni asosiy tarkibda boshlashdi. Umarov ikkinchi bo'lim avvalida zaxiraga olngan bo'lsa, Yaxshiboev to'liq 90 daqiqa o'ynadi.
"Shaxter" Soligorsk – "Energetik-BGU" 1:0
Gol: Lisakovich (11).
"Shaxter" Soligorsk – Gutor, Burko, Antich, Xadarkevich, Sachivko, Szoke, Selyava (Bodul, 69), Ivanovich (Podstrelov, 46), Balanovich, Kendiish, Lisakovich (Diasamidze, 85).
"Energetik-BGU" – Sadovskiy, Mavatu, Miroshnikov, Shkurdyuk, Svirepa, Tve, Umarov (Sovpel, 46), Girs, Bakich, Yaxshiboev, Nosko.