Shevchenko Ukraina terma jamoasi bilan shartnoma uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 593
Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi bilan shartnoma uzaytirdi. 43 yoshli mutaxassisning yangi shartnomasi 2,5 yilga mo'ljallangan bo'lib, u 2022 yil oxiriga qadar milliy jamoa boshqaruvida qoladi.
Ukrainalik murabbiyning amaldagi shartnomasi iyul oyida yakunlanar edi. Kelasi yili bo'lib o'tadigan Evropa chempionatiga Ukrainani Shevchenko va uning murabbiylar shtabi tayyorlaydi.
Eslatib o'tamiz, Andrey Shevchenko 2016 yilda Ukraina milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylangan edi. "Ko'k-sariq"lar uning boshqaruvida JCh-2018 yo'llanmasini yo'lga kirita olishmagan edi, ammo jamoa Millatlar ligasida guruh g'olibiga aylandi. Shuningdek, ukrainlar saralash bosqichida birinchi o'rinni egallagan holda Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.