Messi «Barselona»ning umumiy guruh mashg'ulotiga qachon qo'shilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 691
«Barselona» sardori Lionel Messi dushanba kunidan boshlab jamoasining umumiy guruh mashg'ulotiga qo'shiladigan bo'ldi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
«Ko'k-anorranglilar» rasmiy sayti 5 iyun kuni rasmiy xabar tarqatib, argentinalik futbolchining o'ng oyog'idagi mushagida lat eyish yuzaga kelganini ma'lum qilgan edi. 32 yoshli futbolchi so'nggi kunlarda individual dastur asosida shug'ullangan edi.
«Barselona» mavsum qayta boshlanganidan keyin 13 iyun kuni «Malorka»ga qarshi mehmonda bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!