«Mash'al» yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2023
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan “Mash'al” jamoasi bugun o'zining navbatdagi mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Muborakda yig'in o'tkazayotgan Aleksandr Xomyakov shogirdlari mashg'ulotlarni asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratishgan. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda.
Aleksandr Xomyakov bir necha yangi futbolchilarni ham ko'rikdan o'tkazishni mo'ljallagan. Shuningdek bu bosqich mobaynida ikkita nazorat uchrashuvi ham tashkil etiladi. Bular “Sherdor” (27 yanvar), "Sho'rtan" (1 fevral) jamoalariga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!