"Milan" futbolchisi jamoani tark etishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362
Italiyaning "Milan" klubi futbolchisi Rade Krunich yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etadi deya xabar tarqatmoqda Tuttosport.
Manbaning yozishiga qaraganda, 26 yoshli futbolchiga Turinning "Torino" klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchi "Milan"ning asosiy tarkibidagi muqim joy egallay olmagani sababli, jamoani tark etishga qarshi emas.
Krunich "Milan" klubiga 2019 yilning yozida kelgan edi. Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!