"Manchester Siti" xo'jayini uchun O'zbekistonda 200 gektar er ajratiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1824
O'zbekistonlik jurnalist Shuhrat Shokirjonov o'zining telegramdagi rasmiy kanalida regulation.gov.uz saytiga tayanib bergan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Manchester Siti» xo'jayini shayx Mansur o'zi uchun O'zbekistonda 200 gektarlik dala lageri quradi.
«Manchester Siti» klubi xo'jayini, BAA bosh vaziri o'rinbosari, prezident ishlari bo'yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon O'zbekistonda diplomatik vakolatxonasi uchun dala lageri quradi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining er ajratish bo'yicha maxsus qarori chiqishi rejalashtirilmoqda.
Qaror loyihasiga ko'ra, Qoraqalpog'istonning Qo'ng'irot tumanidagi Ustyurt platosi «Elabad» ovul fuqarolar yig'ini hududidagi zaxira er maydonlaridan umumiy maydoni 200 gektar yaylov erlar Oliy martabali Shayx Mansurning O'zbekistonda Diplomatik vakolatxonasiga 10 yil muddatga vaqtinchalik foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.