«Liverpul» e'tiborini Traorega qaratmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488
Angliyaning «Liverpul» klubi «Leyptsig» hujumchisi Timo Vernerni qo'lga kiritishni uddalay olmaganidan keyin, e'tiborini boshqa futbolchiga qaratishni boshladi.
Britaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Liverpul» «Vulverxempton» klubi futbolchisi Adam Traorega qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali Traorening narxini 25,5 million evro atrofida baholamoqda.
Avvalroq, "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Traore bilan «Liverpul»ga o'tish imkoniyatlari haqida suhbatlashgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!