«Barselona» Ansu Fatini kimga almashtirmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1582
Kataloniyaning «Barselona» klubi chap qanot himoyasini kuchaytirish ilinjida yuribdi. Shu sababli, klub rahbariyati Ansu Fatini yozda sotib, uning transferidan tushgan mablag'ga himoyachi sotib olmoqchi.
Sport Witness portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Barselona» klubi «Uotford» himoyachisi Pervis Estupinyan va «Manchester Siti» futbolchisi Anxelinolarga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, «Barselona» Fati va yana uch nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekanligi haqida ma'lumot tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!