APL 6-marta barcha klublarni koronavirusga tekshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 673
Angliya premer-ligasi 4-5 iyun kunlari barcha klublarning futbochilari, murabbiylari va xodimlarini oltinchi marta koronavirusga testdan o'tkazdi. Bu safar jami 1195 kishi tekshiruvdan o'tdi.
APL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, barcha testlar manfiy natija bergan, ya'ni hech kimda virus aniqlanmagan.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionati 17 iyun kuni qayta boshlanishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!