Vadim Abramov O'zbekiston U19 mashg'ulotiga tashrif buyurdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 608
O'zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentdagi chig'atoy bazasida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib bormoqda.
15-iyunga qadar davom etadigan ushbu yig'inga bosh murabbiy Timur Kapadze 23 nafar futbolchini jalb etgan.
Kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotlarga MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ham tashrif buyurdi va O'zbekiston U19 terma jamoasi murabbiylar shtabiga kerakli maslahatlarini berdi.
Shuningdek, Mirko Elichich ham mazkur yig'in davomida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Timur Kapadzega yaqindan ko'maklashmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!