«Gerta» futbolchisi Bundesliga rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
«Gerta» yarim himoyachisi Vladimir Darida Germaniya chempionatining 30-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o'yin davomida 14,65 kilometr masofani bosib o'tdi.
Bu Bundesliga rekordi hisoblanadi (statistika 2013/14 mavsumdan beri yuritiladi). Darida butun o'yin davomida maydonda harakat qildi.
29 yoshli Daridaning transfer narxi 4,5 million evroga baholangan. Chexiyalik futbolchi ushbu mavsumda 3ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!