«Bavariya» Bundesliga rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 727
«Bavariya» klubi gollar soni bo'yicha Germaniya chempionatining tarixiy rekordini o'rnatdi.
Myunxenliklar joriy mavsumda 30ta o'yin o'tkazib, ularda 90ta gol urishdi. Ilgari hech bir klubga bunday natijani qayd etish nasib etmagan edi.
Bundesliganing 30-turi doirasida «Bavariya» Leverkuzenga yo'l olib, «Bayer» darvozasiga 4ta gol urdi. Kingsli Koman, Leon Goretska, Serj Gnabri va Robert Levandovski gollar mualliflariga aylanishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!